“Palmeyras”ning 18 yoshli braziliyalik himoyachisi Vitor Reys tez orada “Manchester Siti” futbolchisiga aylanadi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar transfer bo’yicha kelishuvga erishgan va faqat rasmiy hujjatlarni imzolash qolgan. “Manchester Siti” Vitor uchun Braziliya jamoasiga 40 million yevro to’laydi.
Ta’kidlanishicha, “shaharliklar” rahbariyati joriy transferlar oynasida futbolchini zudlik bilan o’z lageriga ko’chirishni talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Reys markaziy himoyachi pozitsiyasida o’ynaydi va “Palmeyras” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yosh iqtidor egasi asosiy jamoa safida 22 ta o’yin o’tkazib, 2 ta golga mualliflik qilgan.