O’zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Oston O’runov jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqdi.
Eslatib o’tamiz, Oston JCh-2026 saralash bosqichi doirasidagi BAA’ga qarshi uchrashuvning dastlabki daqiqalarida jarohat olgandi.
Xabarlarga ko’ra, O’runovning jarohatdan tiklanishiga kamida 4-6 hafta kerak bo’ladi.
Ma’lumot uchun, Oston O’runov otgan mavsum “Persepolis” safida jami 25 ta o’yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 2 million yevroga baholanmoqda.