“Milan” Italiya U19 terma jamoasi a’zosi va “Verona” klubi vingeri Alfajo Sissega jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fabritsio Romanoning so’zlariga ko’ra, “rossonerilar” 17 yoshli hujumkor yarim himoyachi uchun muzokaralar olib bormoqda.
Manbaga ko’ra, “Atalanta” ham Sissega davogarlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Sisse o’tgan mavsum “Verona” safida debyut qilishga muvaffaq bo’ldi. U ikki marta A Seriyada va Italiya kubogida zahiradan maydonga tushdi.