Eron Pro ligasining 13-turi doirasida “Istiqlol” va “Alyuminium Arak” o’zaro to’qnash keldi va yakunda tomonlar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
Biz uchun ahamiyatli tomoni, “Istiqlol” sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov uchrashuvning 45+3-daqiqasida penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi.
64-daqiqa o’tib borayotgan bir paytda Kazemian muvozanatni tikladi. Jamoalar qanchalik harakat qilishmasin, uchrashuvda hisob boshqa o’zgarmadi.
Eron Pro liga. 13-tur
“Alyuminium Arak” 1:1 “Istiqlol”
Gollar: J. Masharipov 45’+3, M.A. Kazemian 64′.