Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) dekabr oyi uchun milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko’ra, O’zbekiston milliy terma jamoasi o’tgan oyda bo’lgani singari 58-o’rinda qayd etildi. Shuningdek, termamiz 1424,93 ochko bilan Osiyoning 7-jamoasi bo’lib turibdi.
Reytingning eng yuqori o’rnidan amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi joy olgan. Keyingi o’rinlarni Fransiya va Ispaniya jamoalari band etgan.