O’zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradi. “Shaharliklar” transferni rasman e’lon qildi.
Xo’sh, Husanov yangi jamoasi safida qachon debyut qiladi? “Manchester Siti”ning eng yaqin o’yini 22-yanvarga to’g’ri keladi. Shu kuni Pep Gvardiola shogirdlari YChL doirasida safarda PSJ mehmoni bo’ladi.
Biroq, “shaharliklar” Abduqodirni musobaqaning umumiy bosqichi uchun qaydnomasiga kiritishga ulgurmagan. Shu bois, hamyurtimiz Chempionlar ligasi pley-off o’yinlarigacha Gvardiola jamoasiga yordam bera olmaydi.
“Manchester Siti”ning keyingi uchrashuvi APL doirasida “Chelsi”ga qarshi o’tkaziladi va bu to’qnashuv 25-yanvar sanasiga to’g’ri keladi. Abduqodir Husanov aynan shu kuni yangi jamoasi safida debyut qilishi mumkin. Ushbu bahsga “Etihad” mezbonlik qiladi.
Ma’lumot uchun, Husanov “shaharliklar” safida maydonga tushishi bilan APL’dagi birinchi o’zbek futbolchisi sifatida o’z nomini tarixga muxrlab qo’yadi.