Transfermarkt portali Italiya A Seriyasida to’p surayotgan futbolchilarning yangilangan narxlarini e’lon qildi.
Unga ko’ra, O’zbekiston milliy terma jamoasi sardori va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov 1 million yevroga arzonladi va hozirda 4 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Shomurodov joriy mavsum A Seriyada 7 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.