“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanovni Fransiyaning “Lion” klubiga ijaraga berishdan bosh tortdi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, yarim himoyachi Rayan Cherkining transferi bo’yicha kelishuvning bir qismida “Lion” “Manchester Siti” futbolchilaridan birini bir mavsumga tekinga ijaraga olish huquqi bor edi.
Ammo “shaharliklar” rahbariyati O’zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisini Liga 1 klubiga ijaraga berishga rozi bo’lmadi.
Eslatib o’tamiz, Abduqodir Husanov o’tgan qishki transferlar vaqtida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti” safiga o’tgandi. U joriy mavsum “shaharliklar” tarkibida 9 ta o’yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi.