Globe Soccer Awards 2024-yilning eng yaxshi yosh o’yinchisi uchun nomzodlar ro’yxatini e’lon qildi.
Unga ko’ra, ro’yxatdan Pau Kubarsi, Desire Duay, Alexandro Garnacho, Arda Guler, Kobbi Maynu, Joau Nevesh, Aleksandr Pavlovich, Savinyo, Lamin Yamal va Kenan Yildiz o’rin olgan.
Ma’lumot uchun, mukofotning rasmiy topshirish marosimi 2024-yilning 27-dekabrida Dubayda bo’lib o’tadi.