Londonning “Arsenal” klubi Rikkardo Kalafiori transferini rasman e’lon qildi.
“Kononirlar” Kalafiori uchun “Bolonya”ga 45 million yevro to’lagan. Klub 22 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Rikkardo 2023-yilning o’rtalarida 4 million yevro evaziga “Bazel”dan “Bolonya” tarkibiga kelib qo’shilgandi. Himoyachi italyan klubida jami 33 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.