“Manchester Siti” rahbariyati yana bir markaziy himoyachi transferini rejalashtirmoqda. Bu haqda Mail Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “shaharliklar” yozgi transferlar vaqtida “Everton”dan Jerred Brantueytni xarid qilmoqchi. 22 yoshli angliyalik futbolchi “irislar” safini tark etishga tayyor.
Eslatib o’tamiz, qishki transferlar vaqtida “Manchester Siti” Abduqodir Husanov va Vitor Reysni o’z safiga qo’shib oldi, biroq klub himoya markazini yanada kuchaytirish haqida bosh qotirmoqda.
Brantueytga avvalroq MYU, “Real” va boshqa grand klublar ham qiziqish bildirayotgandi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.