Kataloniyaning “Barselona” klubi Ispaniya La Ligasining 17-turi doirasida “Leganes” bilan bahs olib bordi va yakunda minimal hisobda mag’lubiyatga uchradi (0:1).
Ushbu mag’lubiyat Xans-Diter Flik jamoasining o’z maydonidagi ketma-ket ikkinchisi bo’ldi.
Opta Sport xabariga ko’ra, bu holat “Barselona” bilan XXI asrda uchinchi marta sodir bo’ldi. “Ko’kanorranglilar” bungacha 2022-yilda Xavi qo’l ostida uchta uy uchrashuvida, shuningdek, 2003-yilda serbiyalik mutaxassis Radomir Antich qo’l ostida ikkita o’yinda mag’lub bo’lgan.
Eslatib o’tamiz, “Barselona” avvalroq “Las-Palmas”ga o’z maydonida imkoniyatni boy bergandi (1:2).
Ma’lumot uchun, kataloniyaliklar ayni dam La Liga turnir jadvalida 38 ochko bilan birinchi o’rinni egallab turibdi.