Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi PSJ’dagi faoliyati haqida gapirdi.
“Ikki yil davomida rohatlanmadim, kundalik hayotimda baxtli emas edim. Bu men uchun yaxshi vaqt bo’lmagan. Bir kunim ham – mashg’ulotlar ham, o’yinlar ham meni qoniqtirmagan. Moslashish juda qiyin bo’lgan”, – deydi Messi.
Eslatib o’tamiz, Messi 2021-yildan 2023-yilga qadar PSJ safida to’p surgan. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 75 ta o’yinda maydonga tushib, 32 ta gol urgan va 35 ta golli uzatmani amalga oshirgan.