France Football nashri mavsumning eng yaxshi fransiyalik futbolchisi uchun o’tkazilgan ovoz berish natijalarini e’lon qildi.
Unga ko’ra, Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe ushbu nomga loyiq deb topildi. Unga 52 kishidan iborat hakamlar hay’ati ovoz berdi.
Mbappening asosiy raqobatchisi “Arsenal” himoyachisi Uilyam Saliba esa 5 ta kam ovoz bilan ikkinchi o’ringa joylashdi.
“Siz adolatli bo’lishingiz kerak. U ham bu sovringa munosib”, – deydi Mbappe Salibani e’tirof etib.