“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning APL’ning 25-turidan o’rin olgan “Nyukasl”ga qarshi (4:0) o’yindagi harakatlari haqida gapirdi.
“Husanovning hujumga o’tishdagi tezligi juda yuqori va aynan shuning uchun uni sotib oldik. U juda tezkor futbolchi.
Biroq Abduqodir yakkakurashlarda haddan tashqari tajovuzkor harakat qiladi. U hali ham jamoaga moslashmoqda, ammo hamma narsani o’rganish uchun vaqt ketadi”, – deydi Gvardiola.
Eslatib o’tamiz, Husanov qishki transferlar vaqtida “Manchester Siti”ga ko’chib o’tdi. U yangi jamoasi safida jami 3 ta o’yin o’tkazib, bitta golga mualliflik qildi.