Transfermarkt portali Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning yangilangan narxini e’lon qildi.
Unga ko’ra, endilikda 39 yoshli futbolchining transfer qiymati 12 million yevroni tashkil qiladi. O’tgan oyda Ronaldu 15 million yevroga baholanayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Krishtianu joriy mavsum barcha turnirlarda 19 ta o’yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning saudiyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi.