Mashhur norvegiyalik mutaxassis Ole-Gunnar Sulsher “Molde” bosh murabbiyi bo’lishdan bosh tortdi.
Norvegiyaning VG nashri xabariga ko’ra “Molde” rahbari Sulsher bilan bo’g’langan, biroq 51 yoshli mutaxassis rad javobini bergan.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Sulsher ushbu jamoani 2011-2013 va 2015-2018-yillar davomida boshqargan.
Ma’lumot uchun, Sulsherning so’nggi ish joyi “Man. Yunayted” edi. Mutaxassis 2021-yilda mankunianliklar boshqaruvini tark etganidan beri ishsiz yuribdi.