Fransiyaning PSJ klubi “Barselona”ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamalga kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolamaslik uchun bosim o’tkazmoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Manbaga ko’ra, parijliklar Yamalga hozirda “Real” sharafini himoya qilayotgan Kilian Mbappe bilan bir xil moliyaviy shartlar bilan shartnoma taklif qilmoqchi. Faranglar ushbu ko’rsatkich bo’yicha yosh iqtidorni klub rekordchisiga aylantirishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Yamalning “Barselona” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.