“Manchester Yunayted” “Bavariya”ning ikki nafar futbolchisi: Matteys de Ligt va Nussair Mazraui bilan kelishuvga erishdi.
The Athletic nashrining xabariga ko’ra, mankunianliklar de Ligt uchun “Bavariya”ga 45+5 million yevro to’laydigan bo’ldi. 24 yoshli himoyachi bilan 5+1 ko’rinishida shartnoma imzolanadi.
Shuningdek, “Bavariya” “Manchester Yunayted”ning Nussair Mazraui transferi bo’yicha yuborgan taklifini ham qabul qilgan. Marokash terma jamoasining 26 yoshli himoyachisi uchun “qizil iblislar” 15+5 million yevro to’laydi.
Ma’lumot uchun, de Ligt va Mazraui “Bavariya” safida 2022-yildan buyon to’p surib kelmoqda.