Londonning “Chelsi” klubi “Barselona”ning 26 yoshli himoyachisi Jyul Kundega qiziqish bildirmoqda va u uchun 100 million yevro to’lashga tayyor. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, fransiyalik futbolchi “Barselona”da baxtli va klubni tark etishni istamayapti. O’z navbatida, kataloniyaliklar Kunde bilan shartnomani 2030-yilga qadar uzaytirishga hozirlik ko’rmoqda.
Ma’lumot uchun, himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 36 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.