Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ralf Rangnik “Manchester Yunayted”ga qaytishi mumkin. Bu haqda SimplyUtd xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, germaniyalik mutaxassis sport direktori lavozimiga tayinlanishi mumkin. Hozirda ushbu lavozim Den Ashvort iste’foga chiqqanidan keyin bo’sh qolgan.
Eslatib o’tamiz, Rangnik 2021-yilning dekabrida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi etib tayinlangandi va mavsum so’nggida iste’foga chiqqandi.