Bilbaoning “Atletik” klubi vingeri Niko Uilyams yozgi transferlar oynasida “Barselona”ga o’tmoqchi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Uilyams kataloniyaliklar rahbariyatiga kelasi yozda ular safiga o’tishga tayyorligini bildirgan.
Eslatib o’tamiz, joriy mavsum boshlanishidan oldin “Barselona” Uilyamsga transfer taklifi bilan chiqqan, biroq u “Atletik”da qolishni istayotganini bildirib, ushbu taklifni rad etgan.
Ma’lumot uchun, Nikoning bilbaoliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.