Leverkuzenning “Bayer” klubi “Real” yarim himoyachisi Arda Gulerga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Florian Plottenberg xabar berdi.
Manbaga ko’ra, nemis klubi futbolchini “Fenerbaxche”dan “Real”ga o’tishidan oldin ham kuzatib borgan. Ayni damda madridliklar 19 yoshli futbolchini qishki transferlar vaqtida jamoada olib qolishdan manfaatdor emas.
Qayd etilishicha, agar kelasi yozda imkoniyat tug’ilsa va Guler munatazam o’yin amaliyotiga ega bo’lishni istasa, Leverkuzenning “Bayer” klubi uni o’z safiga qo’shib olishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Guler joriy mavsum klub safida jami 17 ta o’yin o’tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.