Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Aleksandr Zinchenko raqamini o’zgartirdi.
Yangi mavsumda ukrainalik futbolchi 35-raqamda emas, 17-raqamda o’ynaydi.
“17-raqam men uchun juda muhim. Men yoshligimda shu raqamda o’ynaganman va terma jamoada ham har doim 17-raqamni so’raganman.
Sedrik jamoadan ketganidan so’ng 17-raqam bo’sh qoldi. Uni menga berishlarini so’radim va klubdagilar buni qo’llab-quvvatladi. Buning uchun klubdagi barchadan minnatdorman”, – deydi Aleksandr Zinchenko.