Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio Saudiyaning “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduga qo’ng’iroq qilib, uni o’z jamoasiga taklif qildi. Bu haqda Fotomac xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Mourino Krishtianuga quyidagi so’zlarni aytgan:
“An-Nasr”da baxtlimisan? Jamoani tark etishing haqida gapirishyapti. Agar ketmoqchi bo’lsang, “Fenerbaxche” safiga qo’shilishni istamaysanmi?”.
Qayd etilishicha, “Fenerbaxche” sport direktori allaqachon Ronalduning agenti bilan bog’lanishga ham ulgurgan.
Eslatib o’tamiz, Mourino o’tgan yozda Turk klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolagandi.