“Real Madrid”ning 39 yoshli yarim himoyachisi Luka Modrich mavsum yakunida jamoani tark etmoqchi. Bu haqda insayder Xose Feliks Dias xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Modrich “Real”ni tark etganidan so’ng faoliyatini yakunlamaydi, u yana bir mavsum boshqa jamoada to’p surmoqchi.
Ma’lumot uchun, Modrich “Qirollik klubi”da 2012-yildan buyon o’ynab kelmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 20 ta o’yin o’tkazib, 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.