Londonning “Arsenal” klubi Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichining dastlabki o’yinida PSV ustidan 7:1 hisobida g’alaba qozondi va APL klublari orasida safar o’yinlarida eng ko’p gol urish bo’yicha rekord o’rnatdi. Bu haqda Squawka xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Angliya Premyer-ligasining hech bir jamoasi bungacha “kanonirlar” qayd etgan natijaga erishmagan.
Shuningdek, “Arsenal” 2005/2006-yilgi mavsumdan buyon birinchi marta Chempionlar Ligasida ketma-ket beshta o’yinda g’alaba qozondi.
Eslatib o’tamiz, PSV va “Arsenal” o’rtasidagi javob o’yini 12-mart kuni Londondagi “Emireyts” stadionida bo’lib o’tadi.