Leon Edvardsning murabbiyi shogirdi nima sababdan Bilol Muhammadga mag’lub bo’lganini tushuntirib berdi.
“Men bahona qilishni yoqtirmayman, lekin mashg’ulot chog’ida Leon belidan jarohat olgandi. Jang paytida ham biroz noqulaylik sezdi, shuning uchun u normal kurasha olmadi.
Ammo bu Bilolning janggiga ta’sir qilmaydi. U ajoyib jang qildi. O’sha oqshom eng yaxshi jangchi g’alaba qozondi, lekin Leon yana qaytadi”, – deydi murabbiy Deyv Lovell.