Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoasi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
COPE xabariga ko’ra, 32 yoshli belgiyalik kiper bitimni birdaniga bir necha yilga uzaytirmoqchi. Tomonlar o’rtasidagi amaldagi kelishuv esa 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, Kurtua joriy mavsum La Ligada 11 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol o’tkazib yubordi. U yaqinda “Real” safida 100-o’yinini o’tkazdi.