Portugaliyaning “Sporting” klubi hujumchisi Viktor Gyokeresh nega “Manchester Yunayted” taklifini rad etgani ma’lum bo’ldi. Bu haqda Record nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “qizil iblislar” “Sporting”ga futbolchining transferi uchun munosib mablag’ taklif qila olmagan, shuningdek, futbolchining o’zini nima uchun mankunianliklar safiga o’tishi kerakligiga ishontira olmagan.
Qayd etilishicha, shvetsiyalik forvard “Arsenal”ga o’tishni afzal ko’rmoqda. Portugaliya klubi Gyokereshni 80 million yevro evaziga qo’yib yuborishni rejalashtirmoqda. Ammo MYU 27 yoshli hujumchi uchun bunday narx to’lamoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Gyokeresh o’tgan mavsum barcha turnirlarda 52 ta o’yinda maydonga tushib, 54 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.