“Manchester Yunayted” sardori Bruno Fernandesh APL’ning 13-turida “Everton”ga qarshi o’yinda (4:0) ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
30 yoshli portugaliyalik futbolchi 34-daqiqada Markus Reshfordning, 41-daqiqada esa Joshua Zirkzening gollariga assistentlik qildi.
Squawka xabariga ko’ra, Fernandesh Premyer-ligada 46 ta golli uzatma berdi va portugaliyalik futbolchilar o’rtasida turnir rekordini o’rnatdi.
Ma’lumot uchun, avvalgi rekord “Man. Siti” yarim himoyachisi Bernardo Silvaga tegishli edi (45 ta).