Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbol klubini sotib olmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, portugaliyalik yulduz La Liganing “Valensiya” klubini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Hozirda jamoa muxlislari Ronaldu bilan uzoq yillar aloqada bo’lib kelgan klub xo’jayini Piter Limga qarshi norozilik bildirmoqda.
Biroq, ta’kidlanishicha, Ronalduning kelishuvni amalga oshirish uchun bir sharti bor. Agar “Valensiya” mavsum yakunlariga ko’ra La Ligada qolishni uddalasa, ushbu xarid amalga oshishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Valensiya” ayni dam La Liga turnir jadvalida 31 ochko bilan 16-o’rinda bormoqda. Klub xavfli zonada 2 pog’ona yuqorida joylashgan.