Yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiyev videobloger va bokschi Jeyk Polga qarshi ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
Eslatib o’tamiz, Pol noyabr oyida Mayk Taysonga qarshi ringga ko’tarildi va ochkolar hisobiga g’alaba qozondi.
“Jeyk Pol bilan jang qilishni xohlaymanmi? Yo’q. Mening sevimli bokschilarim – Muhammad Ali va Mayk Tayson. Pol sevimli bokschilarimdan birini mag’lub etdi va mening birinchi instinktim undan o’ch olish edi.
Men u bilan jang qilishni xohlamayman. Agar u xohlasa rozi bo’laman, lekin men bilan urishmoqchi deb o’ylamayman. Agar Jeyk Polga qarshi ringga chiqsam nima bo’lardi? Unga haqiqiy boksni ko’rsatib qo’yardim.
U yaxshi jangchimi? U yaxshi boks mahoratiga ega, lekin menimcha, u unchalik yaxshi emas.
Daniel Dyubua Jeyk Polga qarshi jang qilmoqchi? O’ylaymanki, bu Dyubua uchun oson jang bo’ladi”, – deydi Beterbiyev.