Amerikalik UFC jangchisi Maykl Kyeza Shavkat Rahmonov va Ian Garri o’rtasidagi bo’lajak jang g’olibini taxmin qildi.
Eslatib o’tamiz, Rahmonov va Garri 8-dekabr kuni Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC 310 turniri doirasida jang qiladi.
“Bu yaxshi jang. Men buni qisqacha aytaman. Rahmonov va Garri sparring qilishdi, shuning uchun ular bir-birlarini yaxshi bilishadi. Taxminimcha, bu jang taqdirini hakamlar hal qiladi.
Ikkala jangchi ham hujumlarni qaytara olish uchun yetarlicha tanish. Kim raqibni haytarda qoldira oladi degan savol tug’iladi. Shavkat jangni parterga olib o’tsa, imkoniyati ancha ortadi.
O’ylaymanki, Shavkatning qo’li baland keladi va u chempionlik uchun birinchi raqamli davogarga aylanadi”, – deydi Kyeza.
Ma’lumot uchun, Shavkat Rahmonov professional MMA’da 18 ta jang o’tkazgan va ularning barchasida g’alaba qozongan. Ian Garri esa professional faoliyati davomida 19 ta jangda ishtirok etgan va u ham barchasida g’alaba qozongan.