“Manchester Yunayted” “Brentford” hujumchisi Ivan Toni uchun kurashdan chiqqanini ma’lum qildi.
Mankunianliklar 28 yoshli angliyalik futbolchi uchun asosiy davogarlardan biri ekanligi aytilgandi, biroq kelishuv amalga oshmay qoldi.
Sky Sports xabariga ko’ra, Toni endilikda Saudiyaliklar bilan shartnoma imzolashi mumkin. Forvard vakillari allaqachon “Al-Ahli” bilan uch yillik shartnoma borasida muzokara olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Toni o’tgan mavsum Premyer ligada 17 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.