Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Shon O’Melli gruziyalik jangchi Merab Dvalishvilini nokautga uchratmoqchiligi haqida gapirdi.
“Merab uzoq vaqt yengil vazn toifasida UFC’ning eng kuchli jangchisi edi, biroq uning eng yaqin do’sti Aljameyn Sterling o’sha paytda chempion bo’lgan va ular jang qilishmagan.
U kuchli jangchilarni qayta-qayta mag’lub etdi va titulga yaqin kelgandi. Biroq Aljo bilan jang qilishni xohlamadi.
Merab meni kaltaklashini aytdi. Menda yaxshi zarba berish texnikasi bor. Men zarbalarim bilan odamlarning iyagini topishni yaxshi bilaman.
Men Merabning iyagini topaman. Uning katta boshi, ulkan burni bor. Men osongina nishonni topa olaman”, – deydi Shon O’Melli.
Eslatib o’tamiz, Shon O’Melli va Merab Dvalishvili o’rtasida jang 15-sentyabr kuni UFC 306 turniri doirasida bo’lib o’tadi.