Madridning “Atletiko” klubi “Man. Siti” hujumchisi Xulian Alvaresni o’z safiga qo’shib olishga yaqin turibdi.
Fabritsio Romanoning xabariga ko’ra, “matraschilar” argentinalik forvard uchun 75+20 million yevro taklif qilishgan. “Shaharliklar” esa, agar Alvares shaxsiy shartnoma shartlariga rozi bo’lsa, uning yangi klubida tibbiy ko’rikdan o’tishiga ruxsat bergan.
“Atletiko” Alvaresga besh yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Xulian 2022-yilning yanvaridan buyon “Man. Siti” tarkibida to’p surmoqda. Hujumchi o’tgan mavsum barcha musobaqalarda 54 ta o’yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.