Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlashidan oldin erishmoqchi bo’lgan maqsadi haqida gapirdi.
“Mening maqsadim – 1000 ta gol urish, biroq farq shundaki, urgan barcha gollarim video orqali tasdiqlanadi”, – deydi Ronaldu.
Ma’lumot uchun, hozirda Krishtianuning hisobida 924 ta gol bor. Ulardan 789 tasini klublar miqyosida, 135 tasini esa Portugaliya terma jamoasi safida kiritgan.