“Tottenhem” klubi yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur koreyslar haqida hazil qilgani uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Iyun oyida ijtimoiy tarmoqlarda “shporlar”ning urugvaylik futbolchisi ask etgan video tarqaldi. Unda teleboshlovchi Bentankurdan Son Xyon Minning futbolkasini olib berishni so’ragan.
Rodrigo esa: “Sonning amakivachchasining futbolkasi bo’lmaydimi? Chunki ularning hammasi bir xil ko’rinadi”, – deb javob bergan. Keyinchalik Bentankur ushbu gapi uchun Sondan uzr so’ragan.
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) Bentankurni “noto’g’ri xatti-harakatlar va “irqiy haqoratomuz so’zlarni ishlatganlik”da ayblamoqda.
Daily Mail xabariga ko’ra, urugvaylik futbolchi uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bir necha manbalarga ko’ra, Rodrigo 7 ta o’yinni o’tkazib yuboradi. Ammo bu xabarlar hali rasman tasdiqlanmagan.