Xabaringiz bor, “Manchester Siti” Angliya Kubogi 4-raundidan o’rin olgan bahsda “Leyton Orient”ni 2:1 hisobida mag’lub etdi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov ikkinchi bo’lim boshida zaxiradan o’yinga qo’shilib, 56-daqiqada o’z hisobiga gol yozdirib qo’ygan edi.
Statistikalarga ixtisoslashgan SofaScore nashri Angliya Kubogining hafta ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Quvonarlisi, qishki transferlar vaqtida “shaharliklar” tarkibiga kelib qo’shilgan Husanov ushbu ramziy jamoadan o’rin oldi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” o’zining navbatdagi o’yinini 15-fevral kuni o’z maydonida “Nyukasl”ga qarshi o’tkazadi.