Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Chempionlar ligasining 5-turi doirasidagi “Liverpul”ga qarshi o’yinda jarohat oldi.
22 yoshli fransiyalik futbolchi uchrashuvning 56-daqiqasida maydonni erta tark etdi va o’z o’rnini Lukas Vaskesga bo’shatib berdi.
O’yindan so’ng, “Real” darvozaboni Tibo Kurtua jamoadoshining jarohati haqida fikr bildirdi.
“U mushakni tortib olgan bo’lishi mumkin. Tiklanish kamida ikki-uch hafta davom etadi”, – deydi Kurtua.
Ma’lumot uchun, Kamavinga joriy mavsum klub safida jami 9 ta o’yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.