“RB Leypsig”ning gollandiyalik yarim himoyachisi Xavi Simons faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola 21 yoshli futbolchini Kevin De Bruynega o’rinbosar sifatida ko’rmoqda.
Qayd etilishicha, nemis klubi o’z futbolchisi sotuvidan 100 million yevrodan ko’proq mablag’ ishlab olmoqchi. Simons qishki transferlar vaqtida 80 million yevro evaziga PSJ’dan “Leypsig”ga o’tgandi.
Gvardiola yarim himoyada avlodlar almashinuvini boshqaradigan futbolchi qidirmoqda va ushbu rol uchun Xavi Simons ideal nomzod ekanligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Simons joriy mavsum klub safida jami 18 ta o’yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.