Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino yana APL’ga qaytishi mumkin. Bu haqda sobiq MYU ustozi va “Vest Hem”ning sobiq skauti Mik Braun xabar berdi.
“Eshitishimcha, Mourino “Vest Hem”ni boshqarishga juda qiziqadi. Uning hali ham Londonda uyi bor, shuning uchun hammasi biroz osonlashadi.
Menga agar Joze London klubiga qaytish imkoniga ega bo’lsa, mamnuniyat bilan qabul qilishini aytishdi. U Angliyaga qaytishni istashini hammamiz bilamiz. Shuning uchun uni Turkiyadan bu yerga qaytishga ko’ndirish muammo bo’lmaydi”, – deydi Braun.
Eslatib o’tamiz, Mourino Angliyada Londonning ikki jamoasi – “Chelsi” va “Tottenhem”ni ham boshqargan.
Ma’lumot uchun, “Vest Hem” APL’ning 12-turidan so’ng turnir jadvalida 14-o’rinda bormoqda. Klubga hozirda Xulen Lopetegi murabbiylik qiladi.