Amerikalik mashhur bokschi Rayan Garsiya (24-1, 20 KO) kelajakda jang qilishni xohlayotgan 4 ta raqibi kimligini aytdi.
Garsiyaning so’zlariga ko’ra, u Jervonta Devis va Devin Xeyni bilan revansh o’tkazish, shuningdek, Jeyk Pol va UFC sobiq chempioni Shon O’Melli qarshi ringga ko’tarilmoqchi.
Eslatib o’tamiz, Garsiya va Devis o’rtasidagi jang 2023-yilning aprel oyida bo’lib o’tgan va Devisning yettinchi raundda nokaut evaziga g’alaba qozonishi bilan yakunlangan.
2024-yilning aprel oyida esa Garsiya Devin Xeyni bilan jang o’tkazdi va ochkolar hisobiga g’alaba qozondi. Biroq unda doping testi ijobiy chiqqani uchun jang natijasi bekor qilindi.
