Mali U18 terma jamoasi a’zosi Ibrahim Diarra qishki transferlar oynasida “Barselona” safiga qo’shilishi mumkin.
17 yoshli futbolchi allaqachon “Barselona”da mashg’ulot o’tkazgan va o’zi haqida yaxshi taassurot qoldirgan. Ibrahimga qishda u bilan shartnoma imzolanishini va “Barselona” yoshlar jamoasida o’ynashni boshlashi haqida ma’lumot berilgan.
Mashhur skautlardan bir Vinil Tong Diarrani quyidagicha tariflaydi:
“Diarra to’pga ajoyib egalik qila oladi, driblingda kuchli jismoniy va nafislikni uyg’unlashtiradi.
Uning darvozaga yo’llaydigan zarbasi ham yomon emas. Bu kuch, himoyachilarni dog’da qoldirish qobiliyati va kuchli zarbasi uni dahshatli hujumchiga aylantiradi”, – deydi Vinil Tong.
Ma’lumot uchun, Diarra 17 yoshgacha bo’lgan o’smirlar o’rtasidagi jahon chempionatida turnirning ramziy terma jamoasidan joy olgan.