Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiyaning “An-Nassr” klubi bilan 2027-yilga qadar mo’ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
Ronalduning asosiy maqsadi – Saudiya Arabistonini sovrinsiz tark etmaslik. Bu borada riyodliklar katta imkoniyatga ega.
Aniqrog’i, “An-Nassr” kuzda start oladigan OChL-2 musobaqasida ishtirok etadi. Hozirdan aytish mumkinki, ushbu turnirning eng asosiy favoriti – shubhasiz Ronaldu to’p suradigan jamoadir.
Shuningdek, mazkur turnirda o’tgan yilgi O’zbekiston Kubogi sohibi “Andijon” ham qatnashadi. Bundan ko’rinadiki, qur’a natijalariga ko’ra, “An-Nassr” va “Andijon” guruh yoki pley-off bahslarida o’zaro to’qnash kelishi mumkin.