“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Manchester Yunayted”ga qarshi o’yin haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
Eslatib o’tamiz, Manchester derbisida g’olib nomi aniqlanmadi – 0:0.
“O’yin durang bilan yakunlanganidan afsusdaman. Chunki biz g’alaba qozonishni xohlagandik. Ammo “Old Trafford”da buni amalga oshirish juda qiyin.
Biz o’z imkoniyatlarimizdan foydalan olmadik. Biroq bir ochko qo’lga kiritildi. Biz harakat qilishda davom etamiz”, – deydi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” o’zining navbatdagi o’yinini 12-aprel kuni “Kristal Pelas”ga qarshi o’tkazadi. MYU esa 13-aprel kuni “Nyukasl” mehmoni bo’ladi.