Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Vinisius Juniorning jarohati sabab Chempionlar ligasi 5-turidan o’rin olgan “Liverpul”ga qarshi o’yinda jamoani 4-4-2 sxemasiga o’tishga tayyorlamoqda.
Relevo xabariga ko’ra, “Qirollik klubi” mersisaydliklar qarshi bahsda hujum chizig’ida Kilian Mbappe va Brahim Dias tandemini hosil qilmoqchi. Shuningdek, Arda Guler ham maydonga tushishi kutilmoqda.
Eslatib o’tamiz, Vinisiusdan tashqari Rodrigo, Militao, Karvaxal, Vaskes, Alaba va Tchuameni ham jarohati sabab “Liverpul”ga qarshi o’yinni o’tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, “Real” hozirda Chempionlar ligasi umumiy jadvalida 6 ochko bilan 21-o’rinda, “Liverpul” esa 12 ochko bilan 3-o’rinda bormoqda.