UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turidan o’rin olgan bahsda “Bavariya” va PSJ o’zaro to’qnash keldi va yakunda myunxenliklar minimal hisobda g’alaba qozondi (1:0).
Stats Foot nashri ma’lumotlariga ko’ra, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning murabbiylik antirekordini o’rnatdi.
Manbaga ko’ra, ispaniyalik mutaxassis Chempionlar ligasida PSJ bilan 17 ta uchrashuvning 8 tasida mag’lub bo’ldi (4 ta g’alaba).
Bundan avvalgi eng yomon natija parijliklar bilan Yevrokubok bahslarida 30 ta o’yindan 7 tasida mag’lub bo’lgan fransiyalik mutaxassis Loran Blan bo’lgan.
Ma’lumot uchun, PSJ hozirda 5-turdan so’ng 4 ochko jamg’argan holda Chempionlar ligasi turnir jadvalida 26-o’rinda bormoqda.