Kataloniyaning “Barselona” klubi kelgusi transferlar oynasida o’z tarkibini kuchaytirish borasida bosh qotirmoqda.
Todofichajes xabariga ko’ra, “ko’k-anorranglilar” himoyada ham, maydon markazida ham o’ynay oladigan Yozua Kimmix bilan shartnoma imzolamoqchi.
Manbaga ko’ra, agar “Barselona” Frenki de Yongning transferi bo’yicha o’z talablarini pasaytirsa, “Bavariya” qishki transferlar vaqtida Kimmix bo’yicha muzokaralarga kirishishga tayyor bo’ladi.
27 yoshli gollandiyalik yarim himoyachiga myunxenliklar anchadan beri qiziqish bildirmoqda va ushbu vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi.
Eslatib o’tamiz, Yozua Kimmixning “Bavariya” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning o’rtalariga qadar, de Yongning “Barselona” bilan tuzgan shartnomasi esa 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan.
